"Yangi Toshkent" loyihasi va Olimpiya shaharchasining qurilish jarayonlari bilan joyiga chiqqan holda tanishtirildi
Ta'kidlanganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Uy-joy qurilishi, shahar va qishloqlarni rivojlantirish vazirligi mas'ullarining uchrashuvi konstruktiv va qizg'in fikr-mulohazalarga boy tarzda o'tdi, amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
Xususan, yurtimizda Xitoyning CAMCE, CITIC, China State Construction va boshqa qator yetakchi pudrat tashkilotlari ishtirokida yirik loyihalar amalga oshirilayotganligiga alohida urg'u berildi. 2025-yilda Yoshlar o'rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o'yinlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan Olimpiya shaharchasi, chinakam ekologik va aqlli shahar bo'lishi kutilayotgan “Yangi Toshkent” loyihasi, transport va yoʻl infratuzilmasi sohasidagi loyihalar ana shunday samarali tadbirlardan sanaladi.
Xitoy Xalq Respublikasining Uy-joy qurilishi, shahar va qishloqlarni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qin Haixiang boshchiligidagi delegatsiya tashrif dasturiga muvofiq mamlakatimizda amalga oshirilayogan bunyodkorlik ishlari, jumladan, "Yangi Toshkent" loyihasi va Olimpiya shaharchasining qurilish jarayonlari bilan joyiga chiqqan holda tanishtirildi. Tomonlar loyihalar muvaffaqiyatini ta’minlash maqsadida ish sifatini oshirish yuzasidan fikr-mulohaza almashdilar.





