UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Yangi Toshkent – Markaziy Osiyoning yana bir gavhari

Ta’kidlaganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Janob Ni Hong boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahrida bo’lib turibdi.

Mehmonlar “Yangi Toshkent” shahri loyihasi maydoni va bosh ofisiga tashrif buyurdi.

 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Davronjon Adilov hamda Ozoda Jo‘rayevalar xitoylik mehmonlarga loyiha konsepsiyasi, rejalashtirilayotgan innovatsion loyihalar, zamonaviy infratuzilma va boshqaruv yondashuvlari haqida ma’lumot berdilar.

Delegatsiya shaharning funksional hududlarga bo‘linishi, yashil makonlar ulushi, barqaror shaharsozlik tamoyillariga asoslangan rejalari haqida qiziqish bildirdilar. 

Janob Ni Hong mazkur loyihani yuqori baholab, Markaziy Osiyodagi eng salmoqli bunyodkorlik namunasi bo’lishini ta’kidlab o’tdi. 

Bu nafaqat yangi shahar, balki O‘zbekistonning kelajak sari dadil qadami. Bunday yondashuvlar XXI asr shaharlari qanday bo‘lishi kerakligi haqida aniq tasavvur beradi, - dedi Janob Ni Hong.

O’z o’rnida vazir o’rinbosari D.Adilov bunday salmoqli loyihalarni amalga oshirishda Xitoy tajribasini qo’llash, mazkur yo’nalishda manfaatli hamkorlikdan mamnun bo’lishini ta’kidladi.