Yangi uylar o‘z egalariga topshirildi
Prezident tashabbusi bilan 2022-yil mart oyida boshlangan ishlar bugun o‘z natijasini berib Xonqa tumanida yangi shaharcha bunyod bo‘lmoqda.
"Yosh kuch" mahallasidagi massivda 46 ko‘p qavatli uylarda 1228 ta xonadon, maktab, bog‘cha, kommunikatsiya tarmoqlari qurib foydalanishga topshirish belgilangan.
O‘tgan davr mobaynida ushbu massivda mingga yaqin xonadon foydalanishga topshirildi.
Bayram arafasida navbatdagi xonadon kalitlari o‘z egalariga topshirildi.
Tantanali tadbirda mas’ullar so‘zga chiqib, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga to‘xtalishdi va barchani bayram bilan qutladilar.