UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Yangi yil arafasida Hazorasp tumanidagi Al Xorazmiy mahallasida 200 ta xonadonga moʻljallangan 10 ta koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirildi

Yangi yil arafasida  Hazorasp tumanidagi  Al Xorazmiy mahallasida 200 ta xonadonga moʻljallangan 10 ta koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda mutasaddilar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Maʼlumot uchun, joriy yilda Hazorasp tumanida 450 ta xonadonga ega 15 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. Kelgusi yil tumanning “Ziyolilar” mahallasi hududida qurilishi boshlanadigan “Yangi Oʻzbekiston” massivida bosqichma-bosqich 48 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 330 oʻrinli maktab, 1 ta 150 oʻrinli bolalar bogʻchasi qurilishi belgilangan. Mazkur qurilish ishlari amalga oshirilishi natijasida tumandagi uy-joyga muhtoj boʻlgan yana 1 457 ta  oila oʻz uyiga ega boʻladi.