"Yashil makon" loyihasi yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda
"Yashil makon" loyihasi yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 100 gektar maydonda bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, faollar va yoshlar jam bo‘lishib, "yashil" belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 100 gektar maydonda 55 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtga qadar 5 gektardan ortiq maydonga 2,8 ming tup manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.