Yashnobod, Mirzo Ulug’bek, Mirobod tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi
Yashnobod, Mirzo Ulug’bek, Mirobod tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Respublika ishchi guruhi o’z ishini bugun Yashnobod tumanida davom ettirmoqda. Aholi murojaatlarini tizimli o’rganishni maqsad qilgan ishchi guruh tarkibida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mutasaddilari ham faol ishtirok etmoqda.
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholining kommunal sohaga doir muammolarini qabul qilib, ularning yechimi bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etmoqda.
Ta’kidlash lozimki, murojaatlarning aksariyati ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv yuzasidan kelib tushmoqda. Shuningdek, boshqaruv organlari ustidan kelib tushayotgan murojaatlar vakillar ishtirokida hal etilmoqda.
Hozirga qadar 10 ga yaqin murojaat qayd etildi. Ushbu murojaatlarning 3 tasi yuzasidan joyiga chiqqan holda o’rganish ishlari olib borilishi lozimligi ta’kidlandi.
Sayyor qabul davom etmoqda.
Yashnobod, Mirobod va Mirzo Ulug’bek tumanlaridan kelgan 60 nafardan ziyoda aholining murojaatlari qabul qilindi.
Ushbu murojaatlar orasida noqonuniy qurilmalar, ko’p qavatli uyning tutash hududlarini obodonlashtirish, bolalar maydonchasi hamda boshqaruv organlari faoliyatiga bag’ishlangan masalalar mavjud.
Barcha qayd etilgan murojaatlar tegishli tartibda qonuniy chora ko’rilgan holda barataraf etilishi ta’kidlanib, bu bo’yicha mas’ullar belgilandi. 5 dan ziyod murojaat aholi bilan birgalikda hal qilinishi inobatga olinib, shaxsan vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida ko’rib chiqiladigan bo’ldi.