UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Yevrokodlarni O‘zbekistonda joriy qilish ishlari davom etmoqda

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda bir qator mahalliy va xalqaro loyiha tashkilotlari, soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda Yevrokodlarni joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida ham hozirda yosh olimlarni o’qitish maqsadida “Yevrokodlar” fani kiritilgan.

Bugun Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti, Farg’ona Politexnika instituti va Toshkent shahridagi Turin Politexnika instituti ilmiy xodim va magistrlari uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Yevrokodlarni O’zbekistonda implementatsiya qilish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad - Yevrokodlarni ishlab chiqayotgan soha mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanayotgan yosh olimlar o’rtasida tog’ridan-tog’ri muloqotni yo’lga qo’yish va Yevrokodlarni ta’lim jarayonlariga integratsiya qilish, shuningdek, ilmiy izlanishlarda rivojlanish vektorini belgilashda ko’maklashishdan iborat.