UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Yoshlar parlamentining yangi tarkibi bilan ilk uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari, vazirlik yoshlari hamda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda sohada yoshlarning rolini kuchaytirish, raqamlashtirish jarayonlari, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga biriktirilgan 4 nafar Yoshlar parlamenti a’zosi yig'ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, ularning fikrlari amaliy ishlarda o‘z aksini topishini bildirdi:

Bugungi kunda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi yosh kadrlarni sohaga jalb etish, ularning innovatsion fikrlashidan samarali foydalanish borasida izchil ish olib bormoqda. Biz yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ayniqsa, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning hissasi katta bo‘lishi kerak”, – dedi vazir o'rinbosari.

Uchrashuv davomida Yoshlar parlamenti vakillari o‘z faoliyatiga oid ma’lumot berib, yoshlarning sohaga oid tashabbuslari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Parlament vakillari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.