“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK
Manzil: Toshkent sh, Abay ko'chasi, 6-uy, indeks 100011.
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori Inoyatov Mirabbos Mirkomilovich
Tel: (71) 244-04-85; (71) 244-39-20;
Elektron pochta: davexpertiza@umail.ru, davexpertiza@exat.uz
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi”
Davlat unitar korxonasining
Ustavi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to'g'risida nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o'rinlarda korxona deb yuritiladi) huquqiy maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Korxona O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi PQ-3646-sonli “O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzurida tashkil etilgan.
3. Korxona xo'jalik hisobida faoliyat yuritadi.
4. Korxona o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining buyruqlariga, ushbu Ustavga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi. alohida mol-mulkka. mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, tovar belgilariga, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo'ladi.
6. Korxonaning to'liq nomlanishi:
a) davlat tilida:
to'liq – O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi
«Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» Davlat unitar korxonasi, qisqartirilgan — «Davekspertiza» DUK.
b) rus tilida:
to'liq – Gosudarstvennoe unitarnoe predpriyatie «Ekspertiza gradostroitelnoy dokumentasii» pri Ministerstve stroitelstva Respubilki Uzbekistan, sokrashenno — GUP «Gosekspertiza»:
v) ingliz tilida:
to'liq – Stale unitary enterprise «Expertise of town planning documentation» under the Ministry ot Construction of the Republic of Uzbekistan.
qisqartirilgan -- Ѕtate Unitary Enterprise «Gosekspertiza».
2-bob. Korxonaning filiallari
7. Korxona O'zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etadi:
— filial faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
8. Filiallar Korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat ko'rsatadi. Korxona filiallarining muassisi hisoblanali.
9. Filial rahbari belgilangan tartibda filial mablag'lari va mol-mulkini tasarruf etadi. Shartnomalar tuzadi, banklarda hisob raqamlari ochadi;
— filial Korxona bilan kelishgan holda asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berishi mumkin.
10. Filiallar har chorak yakuni bo'yicha Korxona hisob raqamiga o'z daromadlarining 10 foizi miqdorida mablag' o'tkazadi.
3-bob. Korxonaning huquqiy maqomi
11. Tashkiliy-huquqiy shakli davlat korxonasi bo'lib, taʼsischisi O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hisoblanadi.
12. Korxonaning ustav fondi miqdori — olti million bir yuz toqson besh ming toqqiz yuz sakson ikki so'm oltmish besh tiyin (6 195 982.65) ga teng.
13. Korxonaning joylashuv manzili: Toshkent shahri, Abay ko'chasi 6-uy, Qurilish vazirligi binosida.
14. Korxonaning, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar filiallari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan bo'limlari Korxona tizimiga kiruvchilar deb ataladi.
15. Korxona va uning filiallari tomonidan ushbu Ustavda belgilangan vazifalar lisenziya olmasdan amalga oshiriladi.
16. Korxona o'z faoliyatini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
17. Korxona o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega bo'lgan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, xo'jalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
4-bob. Asosiy vazifalari va funksiyalari
18. Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
—Davlatni rivojlantirish dasturi manbalari hisobiga amalga oshiriladigan shaharsozlik, loyiha-smeta, ishchi loyiha va ishchi hujjatlarning, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning o'z mablag'lari va jalb etilgan mablag'lari hisobiga obʼektlar qurilishining mustahkamlikka, yong'in va portlash xavfsizligi hamda shaharsozlik, ijtimoiy, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi, yoqilg'i-energetika, xom ashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi, loyiha yechimlarining amaldagi normativlar va standartlarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda davlat ekspertizasi tashkil etilishi va o'tkazilishini taʼminlash;
—arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish;
—loyihalashtirish ishlarini va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish hamda loyihalashtirish va shaharsozlik sohasidagi ilg'or tajribani o'rganish va ommalashtirish;
—shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o'rtasidagi shaharsozlik hujjatlariga oid kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish.
19. Korxona o'ziga yuklangan vazifalar doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
—mulkchilik shakllaridan va moliyalashtirish manbalaridan qatiy nazar, shaharsozlik, loyiha—smeta, ishchi loyiha va ishchi hujjatlarni, korxonalar, binolar, inshootlar, muhandislik tarmoqlari va yo'l qurilishi obʼektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga doir loyihalashtirish
—hujjatlarini, qishloq aholi yashash joylari va shahar tipidagi aholi yashash joylarini loyihalashtirish-rejalashtirish hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkazadi:
—ekspertiza natijalarini umumlashtiradi, ular to'grisida Qurilish vazirligini xabardor qiladi, shaharsozlik hujjatlarini va ekspertizani takomillashtirish to'g'risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi:
—shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan shaharsozlik kunjatlari yuzasidan xulosalar beradi:
—shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ( qayta ishlab chiqishda), ularni ekspertizadan o'tkazish mavzularida maslahatlar beradi va bu xizmatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
—shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o'rtasidagi shaharsozlik hujjatlariga oid kelishmovchiliklarni ko'rib chiqadi.
—o'z vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro, xorijiy tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
—o'z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ va metodik xujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi, xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi va ularda qatnashadi:
5-bob. Huquqlari va javobgarligi
20. Korxona o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
—tashkilotlarni, oliy taʼlim muasasalarini, shuningdek olimlar va mutaxassislarni ( shtatdan tashqari) fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etish;
—qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasini o'tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun shaharsozlik hujjatlarini qayta ishlashga yuborish;
—shaharsozlik faoliyati subʼektlardan davlat ekspertizasini o'tkazishga doir qo'shimcha xujjatlarni belgilangan tartibda so'rash va olish:
—shaharsozlik faoliyati subʼektlaridan davlat ekspertizasini o'tkazish jarayonida shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishini talab qilish;
—qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
21. Korxona o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
6-bob. Faoliyatni tashkil etish
22. Korxonaga O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining buyrug'i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh direktor rahbarlik qiladi.
23. Korxona bosh direktori:
—Korxona va filiallari faoliyatiga rahbarlik qiladi, shtat jadvallarini tasdiqlaydi, yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
—o'z o'rinbosarlarini, filial direktorlarini va ularning o'rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
—o'zining o'rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Korxona xodimlarini va uning tizimidagi rahbarlarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
—Korxona tizimiga kiruvchi filiallar to'g'risidagi ustavlarini tasdiqlaydi;
—Korxonaning va filiallarining tuzilmalariga, shtatlariga belgilangan tartibda o'zgartirishlar kiritadi;
—o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
—xodimlarni ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasnni bekor qiladi;
—o'z vakolati doirasida Korxona tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo'lgan buyruqlar va qarorlar qabul qiladi;
—belgilangan tartibda Korxona mablag'lari va mol-mulkini tasarruf etadi. shartnomalar tuzadi, banklarda hisob raqamlari ochadi;
—muassis bilan kelishgan holda korxonaning asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga beradi;
—mol-mulkni boshqa xo'jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
—boshqa xo'jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
—mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etadi;
—qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
24. Korxona faoliyatini moliyalashtirish o'z mablag'lari va filiallar hisobidan amalga oshiriladi.
25. Korxona har chorak yakuni bo'yicha Vazirlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisob raqamiga o'z daromadlarining 10 foizi miqdorida mablag' o'tkazadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
26. Davlat korxonasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.