UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash

ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQISh FAOLIYaTINI LISENZIYaLASh

 

Lisenziya olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:

  1. ariza;
  2. arizada quyidagi maʼlumotlar ko'rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag'i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo'lsa), lisenziya toifalari bo'yicha tanlash, ariza to'ldirish sababi (yangi lisenziya olish, qayta rasmiylashtirish), lisenziya talabgorining lisenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
  3. soha bo'yicha maʼlumotga ega bo'lgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari maʼlumotlari;
  4. lisenziya talabgori III toifadagi obʼektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga lisenziyani olish uchun qo'shimcha ravishda o'ntadan kam bo'lmagan obʼektni loyihalash bo'yicha jami bajarilgan ishlarning ro'yxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo'lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obʼektlar bo'yicha mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim.

Lisenziyalovchi organ lisenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi maʼlumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o'zi mustaqil oladi.

Lisenziya talablari va shartlari:

  • shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish
  • yuridik shaxs shtatida tegishli maxsus kasb maʼlumotiga, lisenziyalanadigan faoliyat bo'yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo'lgan mutaxassisning (muhandislik malaka sertifikatga ega bo'lgan loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar) va muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlarning mavjud bo'lishi.
  • qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
  • yuridik shaxsning shtatida quyidagi mutaxassislarning mavjud bo'lishi:
    obʼektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo'yicha I toifadagi obʼektlar uchun — kamida 5 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor va loyiha bosh muhandisi asosiy ish joyi bo'yicha, qolgan 3 nafari asosiy ish joyi bo'yicha yoki o'rindoshlik asosida ishlashi;
  • obʼektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo'yicha II toifadagi obʼektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, kamida 2 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 1 nafar arxitektor asosiy ish joyi bo'yicha, qolgan 5 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo'yicha yoki o'rindoshlik asosida ishlashi;
  • obʼektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo'yicha III toifadagi obʼektlar uchun — kamida 15 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 3 nafar arxitektorlar asosiy ish joyi bo'yicha, qolgan 7 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo'yicha yoki o'rindoshlik asosida ishlashi;
  • III toifadagi obʼektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga lisenziyani olish uchun lisenziya talabgorining kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritganligi hamda o'ntadan kam bo'lmagan obʼektni loyihalash bo'yicha jami bajarilgan ishlarning ro'yxati mavjud bo'lishi;
  • lisenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ishlab chiqilayotgan arxitektura-shaharsozlik hujjatlari sifatini nazorat qilish tizimining, shuningdek, belgilangan hollarda mualliflik nazorati hujjatlarining mavjud bo'lishi shart.

 

ARIZANI KO'RIB ChIQISh MUDDATI: 7 KUN

 

ARIZANI KO'RIB ChIQISh UChUN TO'LANADIGAN YIG'IM MIQDORI: 3 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)

Meʼyoriy hujjatga havola: https://lex.uz/uz/docs/-5870213

 

Lisenziyalovchi organ

Qurilish vazirligi

 

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar

 

Lisenziya davomiyligi: cheklanmagan

Xizmatdan foydalanish