UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida Yosh mutaxassislarni tanlash

DASTURI

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan (keyingi o'rinlarda – vazirlik) “Yosh mutaxassislarni tanlash” namunaviy dasturi (keyingi o'rinlarda – Dastur) Oliy taʼlim muassasalarining (keyingi urinlarda – OTM) bitiruvchi kursida o'qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zahiraga kiritish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi. Dastur maqsadi – vazirlik tizimida eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo'lga qo'yish hamda OTM bitiruvchilarini vazirlikka jalb qilish samaradorligini oshirishdan iborat. Dastur vazifalari: oliy taʼlim muassasalari hamda davlat xizmati o'rtasida integrasiyani yo'lga qo'yish; eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni seleksiya qilish; nomzodlarni vazirlikka stajirovka o'tash uchun yo'naltirish hamda “Ustoz-shogird anʼanasi” asosida tajribali ustoz-mentorlarga biriktirish; stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suhbat) asosida davlat xizmatiga ishga qabul qilish.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Dasturda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

Oliy taʼlim muassasasi – bakalavriat taʼlim yunalishlari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini taʼminlovchi davlat taʼlim muassasasi; bitiruvchi – OTM kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari; Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi azirligida stajirovka o'tash – yosh mutaxassislarni davlat xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat maʼsuliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o'rganish orqali OTMda olgan nazariy bilimlarini amaliy mustaxkamlash jarayoni. malaka talablari – maʼlum bir davlat fuqarolik lavozimiga stajyor bo'lish uchun nomzodlarga nisbatan vazirlik tomonidan belgilanadigan tegishli maʼlumot, shuningdek bilim va kasbiy kompetensiyasiga qo'yilgan talablar; stajirovka rahbari – vazirlikdagi stajirovka jarayonini muvofiqlashtirish masʼuliyati yuklangan rahbar xodimi. ustoz-mentor – stajirovka o'tayotgan bitiruvchilarga vazirlik faoliyatida “ustoz-shogird” anʼanasi asosida zarur tashkiliy ko'rsatmalar beruvchi, ularni texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiruvchi, amaliy ko'nikma va malakalarni o'rgatuvchi, stajirovka davrida talaba egallagan ko'nikmalarni baholash yuklangan tajribali davlat fuqarolik xizmatchisi. shaxsiy rivojlanish rejasi – bitiruvchining vazirlikida stajirovkasi davomida o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar muddatlar kesimida aks ettiriladigan xujjat. Kadrlar zahirasi – vazirlikdagi lavozimlarni salohiyatli, yosh kadrlar bilan to'ldirilishini taʼminlaydigan, yuqori malakali mutaxassislar to'g'risidagi maʼlumotlarni o'z ichiga olgan maʼlumotlar bazasi.

2-bob. Tanlov o'tkazish tartibi

  1. “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” 1-ilovadagi dasturni amalga oshirish sxemasi bo'yicha tegishli bosqichlarda va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
  2. Vazirlikning rasmiy sahifalarida “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” bo'yicha stajirovka tanlovi haqida eʼlon beriladi va targ'ibot tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
  3. Nomzodlardan stajirovka tanlovida ishtirok etish uchun arizalar onlayn shaklda (mc.uz elektron sayti orqali) qabul qilinadi.
  4. Texnik talablarga muvofiq ariza egalariga saralash bosqichida ishtirok etishga yo'llanma yuboriladi.
  5. Nomzodlar O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, davlat fuqarolik xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risidagi qonunchilik, davlat tili, axborot texnologiyalari bo'yicha bilim darajasini aniklash uchun tegishli vazirlik tomonidan tashkil etiladigan maxsus test sinovidan o'tadilar.
  6. Test sinovlari bazasi Yoshlar ishlari agentligi buyurtmasiga binoan vazirlikning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan ishlab chiqiladi.
  7. Test bosqichi vazirlik bilan hamkorlik qilayotgan OTMlarning maxsus kompyuter xonalarida o'tkaziladi. Tanlov jarayonlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
  8. Test bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (71 foizdan yuqori) tegishli vazirlik tuzilgan maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o'tkaziladi.
  9. Nomzodlar ko'rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq jadval bo'yicha baholanadi. Baholash natijalariga ko'ra, sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarni stajirovkaga qabul qilish haqida vazirlikning buyrug'i chiqariladi.
  10. Stajirovka jarayonini namunali yakunlagan yosh mutaxassislar stajirovka o'tagan vazirlikning kadrlar zahirasiga kiritiladi.

3-bob. Stajirovkani tashkil etish qoidalari

  1. Stajirovka tanlovlardan muvaffaqiyatli o'tgan bitiruvchi bilan 3-ilovaga muvofiq to'ziladigan stajirovka shartnomasi asosida tashkil qilinadi.
  2. Mazur shartnomada stajirovkani tashkil etish va o'tkazish bo'yicha shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, vazirlikning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda stajirovkani o'tash tartibi, shartnomaning amal qilish muddati va bekor qilish asoslari, shuningdek, taraflarning javobgarligiga oid normalar nazarda tutiladi.
  3. Stajirovka uch oydan kam bo'lmagan hamda bir yildan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
  4. Yoshlar ishlari agentligi Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Stajirovkani tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy choralarini ko'radi.

Xususan:

  • vazirlikka namunaviy dastur va ilova xujjatlarni taqdim etadi;
  • vazirlik namunaviy dastur asosida o'z dasturlarini ishlab chiqishi va tanlov eʼlon qilishini nazorat qiladi;
  • tanlov jarayonlarini belgilangan mezonlar asosida shaffof va adolatli o'tishini taʼminlaydi;
  • stajirovkaga jalb qilingan talabalar maʼlumotlarini umumlashtiradi;
  • stajirovka yakunlari bo'yicha hisobot (taqdimot) jarayonlarida ishtirok etadi;
  • dasturni amalga oshirish sxemasi bo'yicha barcha bosqichlardagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
  • stajirovka o'tashda yoshlar huquq va manfaatlarini taʼminlash yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
  • stajirovka yakunlari bo'yicha vazirlikining hisobot va takliflarini umumlashtiradi.
  1. Vazirlik stajirovkani tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy choralarini ko'radi.

Xususan:

  • sinov jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etadi;
  • malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajyor bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lgan stajirovka rahbari va ustoz-mentorni tayinlaydi;
  • bitiruvchilarni stajirovka davrida o'z xodimi sifatida faoliyat olib borishi uchun tashkilot rahbarining buyrug'ini chiqaradi;
  • stajirovka dasturiga muvofiq bitiruvchilarga joriy qilinadigan shart-sharoitlar (shaxsiy himoya, moddiy-texnika vositalari boshqalar)ni yaratadi;
  • stajyorlarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa xujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;
  • tashkilotning ichki mexnat intizomini bo'zgan stajyor bilan tuzilgan stajirovka shartnomasini belgilangan tartibda bekor qiladi;
  • bitiruvchi stajirovkani o'tash davrida vazirlikda baxtsiz xodisaga uchragan holatlar bo'yicha javobgarlik masalalarini qonunchilik xujjatlari asosida ko'rib chiqadi;
  • Kadrlar bo'limi vazirlikda stajirovka o'tayotgan barcha bitiruvchilarga rahbarlik qiladi.

Uning vazifalari:

  • davlat fuqarolik xizmati tashkilotning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo'limlari bo'yicha talabalarni taqsimlaydi, obʼektning tuzilishi, faoliyat yo'nalishlari va o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
  • stajyor bilan stajirovka o'tash shartnomasini imzolaydi;
  • stajyorlar bilan vazirlik rahbariyati va yetakchi xodimlarning uchrashuvini tashkil etadi.
  1. Ustoz-mentor sifatida davlat xizmatida kamida uch yillik tajribaga ega, mehnat jamoasida obru-eʼtiborli davlat xizmatchisi “ustoz-shogird” anʼanasi asosida ko'pi bilan ikki nafar bitiruvchiga biriktirilishi mumkin.

Uning vazifalari:

  • stajyorlarga ish faoliyati va texnika xavfsizligi bo'yicha tushuntirish, shuningdek vazirltikning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatadi;
  • stajirovka dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish tartib qoidalarini o'rgatadi;
  • stajyor ish kunining belgilangan davomiyligiga va stajerning shaxsiy ish rejasiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  1. Stajyor vazirlikda stajirovka o'tashda:
  • stajirovka bo'yicha uslubiy va ko'rsatma materiallar bilan tanishishi;
  • stajirovka shartnomasi bilan yuklatilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirish;
  • stajyorning shaxsiy ish-rejasida nazarda tutilgan barcha topshiriklarni belgilangan muddatlarda, to'liq hajmda va sifatli bajarishi;
  • stajirovka o'tash to'g'risidagi hisobotni taqdim qilishi;
  • faoliyatida foydalanishi mumkin bo'lgan materiallar to'plamini shakllantirishi;
  • qabul qiluvchi vazirlikning ichki mehnat tartib qoidalari va xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi xujjatlarga rioya qilishi shart.

4-bob. Stajirovkani o'tash tartibi

  1. Stajirovka uch bosqichga bo'linadi:
  • tayyorlov;
  • asosiy;
  • hisobotlarni topshirish va baholash.
  1. Stajirovka tayyorlov bosqichining birinchi kunida davlat fuqarolik xizmatidagi stajirovka rahbari tomonidan yig'ilish o'tkaziladi. Yig'ilishda talabalar stajirovkani o'tash dasturi bilan tanishadilar, uning maqsad va vazifalariga taalluqli ko'rsatmalar, stajirovkani o'tash va 4-ilovadagi hisobot shaklini to'ldirish tartibi haqida xabardor qilinadilar.
  2. Stajirovka o'tashning boshida talabalar vazirlikning tuzilishi, faoliyat yunalishlari, o'ziga xosligi bilan tanishadilar hamda stajirovka rahbari va biriktirilgan ustoz-mentor bilan birgalikda stajirovkani o'tash dasturini bajarish bo'yicha 5-ilovaga muvofiq, shaxsiy ish reja jadvalini tuzadilar.
  3. Stajirovkaning asosiy bosqichida bitiruvchi bevosita stajirovkani o'tash dasturini bajarish bo'yicha Shaxsiy ish rejada ko'rsatib o'tilgan ishlarni bajaradi.
  4. Stajirovka yakunlari bo'yicha hisobotni topshirish so'nggi bosqich hisoblanadi.

Belgilangan tartibdagi hisobot-taqdimot stajirovka rahbari, ustoz-mentor va Yoshlar ishlari agentligi vakili tomonidan baholanib tasdiqlanadi.

  1. Stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar vazirlik hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 6-ilova asosida tasdiqlangan sertifikat bilan taqdirlanadi.

Mazkur sertifikat asosida bitiruvchilarni davlat xizmatiga ishga qabul qilishda imtiyoz nazarda tutiladi.

6-bob. Davlat xizmatiga ishga qabul qilish

  1. Vazirlik tomonidan oltinchi darajali davlat xizmatchilari (mutaxassis) vakant shtat birliklarining o'n foizdan kam bo'lmagan miqdorida yosh mutaxassislar uchun lavozimlar ro'yxatini shakllantiradi.
  2. Ruyxatdagi lavozimlar uchun bitiruvchilarga alohida malaka talablari ishlab chiqiladi.
  3. Dastur asosida stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlagan, sertifikatga ega bitiruvchilar vazirlikdagi maxsus komissiya tomonidan o'tkaziladigan suhbat asosida ishga qabul qilinadi.
  4. Dastur bo'yicha stajirovka o'tayotgan bitiruvchilarga vazirlik tomonidan (byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan) bir barobaridan uch barobarigacha miqdorda stipendiyalar beriladi.

7-bob. Yakuniy qoida

  1. Mazkur Dastur bo'yicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilik xujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.