UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Qurilish loyihalarining ekspеrtizasini o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqiga guvohnoma olish

QURILISh LOYIHALARINING EKSPERTIZASINI O'TKAZISh FAOLIYaTINI AMALGA OShIRISh HUQUQIGA GUVOHNOMA OLISh

 

Lisenziya olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:

  1.  mulk huquqi bilan ekspertizadan o'tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
  2.  mutaxassislar diplomlari nusxalari.
Lisenziya talabgori lisenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o'zi kelib murojaat qiladi yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o'rinlarda YaIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi. O'zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi lisenziya talabgori nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa lisenziya talabgori mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

 

XIZMAT KO'RSATISh MUDDATI:

Akkreditasiyalovchi organ so'rovnoma tushganidan so'ng 7 ish kuni mobaynida so'rovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi

 

XIZMAT NARXI: 20 BXM

 

Meʼyoriy hujjatga havola: https://lex.uz/docs/4325671#4327048

Lisenziyalovchi organ

Qurilish vazirligi

 

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar

 

Lisenziya davomiyligi: 5 yil