XAVFI YuQORI BO'LGAN OBʼEKTLARNI VA POTENSIAL XAVFLI IShLAB ChIQARIShLARNI LOYIHALAShTIRISh, QURISh HAMDA ULARDAN FOYDALANISh BO'YIChA FAOLIYaTNI LISENZIYaLASh
Lisenziya olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:
- ariza;
- arizada quyidagi maʼlumotlar ko'rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag'i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo'lsa), lisenziya toifalari bo'yicha tanlash, ariza to'ldirish sababi (yangi lisenziya olish, qayta rasmiylashtirish), lisenziya talabgorining lisenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
- xavfi yuqori bo'lgan obʼektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shug'ullanuvchi xodimlar ro'yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti bo'yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo'yicha ish staji, loyihalashtirishda ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obʼektlar ro'yxati ko'rsatiladi;
- xavfi yuqori bo'lgan obʼektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun zarur bo'lgan texnika vositalarining tavsifi.
Lisenziya talablari va shartlari:
- shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish
- yuridik shaxs shtatida tegishli maxsus kasb maʼlumotiga, lisenziyalanadigan faoliyat bo'yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo'lgan mutaxassisning (muhandislik malaka sertifikatga ega bo'lgan loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar) va muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlarning mavjud bo'lishi.
ARIZANI KO'RIB ChIQISh MUDDATI: 30 KUN
ARIZANI KO'RIB ChIQISh UChUN TO'LANADIGAN YIG'IM MIQDORI: 1 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)
LISENZIYa BERILGANLIGI UChUN DAVLAT BOJI MIQDORI: 10 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)
Meʼyoriy hujjatga havola: https://lex.uz/uz/docs/-5870213