UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

1 200 nafar maktab o’quvchilariga yanada qulaylik yaratildi

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 11-son maktabda yangi, zamonaviy va ekologik toza “Soakaway drainage system” asosida qurilgan sanitariya-infratuzilma obyektlari ishga tushirildi.

Ochilish marosimida qator vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etib, o’quvchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar ularning sog’lom avlod boʻlib shakllanishida xizmat qilishiga urg’u berdilar. 

Ushbu innovatsion hojatxona tizimi nasos va elektr tokisiz ishlaydi, texnik xizmat ko‘rsatishda oson bo‘lib, tuproqning tabiiy filtratsiya xususiyatlaridan foydalanadi.

Loyiha maqsadi markazlashtirilgan oqova suv tizimi mavjud bo‘lmagan hududlarda ham bolalar uchun sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan sharoit yaratishdan iborat

Loyiha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi tashabbusi asosida AQSHning “LDS” tashkiloti va vazirlik huzuridagi "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi" DM o’rtasida tuzilgan bitim asosida amalga oshirilmoqda. 

Bunday obyektlar shuningdek, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 25-son maktab hamda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 16-son maktabda ham barpo etilgan. 

Pilot loyiha natijalari asosida “Soakaway” tizimini boshqa maktab va ijtimoiy obyektlarda ham standart sifatida joriy etish rejalashtirilmoqda.