UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

E'lonlar

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi, milliy iftixori bo‘lgan — ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman!

O‘zbek tili ajdodlarimiz tafakkuri, milliy ruhimiz va madaniyatimizni asrlar davomida saqlab, avloddan-avlodga yetkazib kelayotgan ulug‘ ne’matdir. Bu til nafaqat muloqot vositasi, balki yurtga muhabbat, tarixga hurmat va kelajakka ishonch timsolidir.

Bugungi kunda ona tilimizning nufuzi tobora ortib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida baralla yangramoqda. Bu yo‘lda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning ona tiliga bo‘lgan e’tibori, uni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishi tahsinga loyiqdir.

Shu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, ishlaringizda ulkan zafarlar va ezgu maqsadlaringiz yo‘lida omad tilayman.

Tilimizning so‘nmas nuri va betakror jozibasi qalblarimizni har doim yoritsin!

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov