27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni"
Aziz matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizni bugungi kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Hozirgi kunda jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash, har sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo'lidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli mehnatingiz yuksak e'tirofga sazovor. Siz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlarni inson qadri, uning manfaatlarini himoya qilishga safarbar etishda muhim ahamiyat kasb etasiz.
Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkor va xolislik bilan yetkazadigan Sizdek uyg‘oq qalb egalariga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Izlanishdan, ijod qilishdan, yuksalishdan chekinmang! Sizlar bilan hamkorlikda xalqimizga xizmat qilishdan mamnunmiz!
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri B.Zakirov