UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Telegram ijtimoiy tarmogʻining “TANQID va TAHLIL” kanalida e'lon qilingan murojaat  Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganib chiqildi.

Andijon shahar hokimining 2019-yil 28-dekabrda “ANDIJON OMAD BIZNES” MCHJga Andijon shahar A.Musayev va Pushkin koʻchalari kesishmasidagi yer maydonini zamonaviy loyihalar asosida 9 qavatli,  1-qavatini savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, yuqori qavatlarini turar-joyga moslab qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berishga hamda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 5-iyunda obyekt uchun Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan.

"MEʻMOR ARCH CONCEPT” MCHJ tomonidan ishlangan loyiha-smeta hujjatlariga 2021-yil 30-sentabrda ekspertiza xulosasi olingan va shunga asosan  inspeksiya roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha  qilingan murojaatga inspeksiya tomonidan ijobiy xulosa berilgan va binodan foydalanishga ruxsat berilgan.

Obyekt boʻyicha tanqidiy maqolada keltirilgan kamchiliklar va binoga qoʻshni boʻlgan yakka tartibdagi hovli orasidagi masofalarni shaharsozlik kengashida qoʻyilgan talab boʻyicha bugungi kunda pudrat tashkiloti tomonidan bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.