UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Aquatherm 11-xalqaro koʻrgazmasi boshlandi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tashkilotchiligida  Isitish, ventelyatsiya, muqobil energiya, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari-Aquatherm 11-xalqaro koʻrgazmasi boshlandi.
 
Mazkur ko‘rgazma sanoat, qurilish va kommunal sohasining yangi mahsulotlari bilan tanishish, yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilish, biznes va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, foydali kelishuvlar tuzish, shuningdek, soha uskunalarining so‘nggi tendensiyalari va trendlaridan xabardor bo‘lish uchun noyob imkoniyatni taqdim etishi bilan ahamiyatli.
Shuningdek, ushbu nufuzli ko‘rgazma suv ta’minoti, isitish va sovutish sohasidagi eng muhim innovatsion mahsulotlar va yechimlarni taqdim etish imkonini beradi. 

 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mazkur tadbir ochilishida qatnashar ekan, bunday ko‘rgazmalar  soha rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga rasmiy hamkorlik uchun alohida minnatdorlik bildirildi. 

Ma’lumot uchun, bu yilgi ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy 150 dan ortiq eksponentlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.