Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tomonidan 2025-yil 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 431-son qaroriga asosan belgilangan tartibda Faxriylar kengashining ustavi 2025-yil 8-yanvardagi 1108p-raqam bilan Adliya vazirligidan roʻyxatidan oʻtkazildi.
Bugungi kunda kengashga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib Faxriylar kengashining 2025-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan joriy yilning 9 oyi mobaynida Kengash tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- 1069 dan ziyod arxitektura va qurilish sohalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar roʻyxati shakllantirildi, 720 ga yaqin tashkilotlarga murojaat etilib, Kengash ustaviga asosan 807 ta nomzodlar tomonidan murojaatlar kelib tushdi. 170 ta tashkilotlardan faxriylar mavjud emasligi hamda sohaga oid faoliyat turi toʻgʻri kelmaganligi bildirildi;
- Faxriylarni tarkibga qabul qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash tartibiga asosan 2025-yil 9 oy mobaynida ishchi komissiyasiga 185 ta tashkilot tomonidan 807 ta faxriy nomzodlar toʻgʻrisida hujjatlar toʻplami kiritilib, komissiya tomonidan 681 ta hujjatlar toʻplami qabul qilindi va 126 tasi rad etildi. Bundan tashqari 126 ta nomzod hujjatlari qayta komissiyaga kiritildi va kamchiliklar bartaraf etilib, 28 tasi qabul qilindi.
- “Ustoz shogird” anaʼanalari ostida faxriylar ishtirokida respublika boʻyicha 2025-2026-oʻquv yillar uchun Arxitektura va qurilish yoʻnalishlaridagi respublika boʻyicha jami 15 ta oliy taʼlim muassalarida talabalarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik va axloqiy tarbiyalashda, ularni ustoz-shogird yakdilligi usulida qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodga muntazam yetkazib beriladigan eng yaxshi mehnat anʼanalarini oʻzlashtirishda va ularni tarbiyalashda Faxriylar Kengashi hamda mazkur taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda koʻmaklashish reja grafigi tasdiqlandi.
Mazkur tasdiqlangan grafikka asosan Kengash faxriylar hamda talabalar bilan 276 marotaba tadbirlar - davra suhbatlari oʻtkazilishi rejalashtirildi. Jumladan, joriy yilning sentabr oyida oliy taʼlim muassalarida 31 marotaba 1 800 dan ziyod talabalar bilan Arxitektura va qurilish sohasida faxriylar kengashi faxriylari bilan “ustoz-shogird” davra suhbatlari oʻtkazildi.
Jami 435 ta sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda, jumladan, 257 ta dam olish uchun Kasaba uyushmalari federatsiyasiga hamda 178 ta davolanish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qilinib, Faxriylarni dam olish maskanlari va sanatoriyalarda davolanishlari uchun yuborildi;
- Aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish, shaharsozlik va arxitektura sohasini rivojlantirish boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi-Vasiylik kengashiga jami 15 ta (jumladan, 2 ta qonun, 49 ta normativ-huquqiy hamda 68 ta idoraviy hujjatlariga) taklif va tavsiyalar jamlanmasi kiritildi;
- Kengash Nizomida belgilangan talablarga muvofiq sohaga oid xizmat koʻrsatgan faxriylarning mehnat yoʻli haqidagi shaxsiy xotiralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplandi, “Ustoz va murabiylar” bayrami munosabati tabriklar yoʻllanib, Kengash nomidan “Oʻzbekiston Bunyodkori” gazetasida maqolalar chop etildi hamda vazirlikning rasmiy saytlarida kengash tomonidan bajarilgan ishlar doimiy ravishda yoritib borildi.