UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

ARXITEKTURA VA QURILISH SOHASIDA “USTOZ-SHOGIRD” AN'ANALARI ASOSIDA DAVRA SUHBATI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 431-son qaroriga muvofiq arxitektura va qurilish sohasi faxriylari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ushbu qaror ijrosi doirasida 2025-2026-oʻquv yillariga moʻljallangan grafik ishlab chiqilib, 15 ta oliy taʼlim muassasasida talabalarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, “ustoz-shogird” anʼanasini qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan. Unga koʻra, ikki yilda jami 276 ta davra suhbati oʻtkazilishi belgilangan (2025-yilda — 135 ta, 2026-yilda — 141 ta).

Joriy yil sentabr oyida oliy taʼlim muassasalarida 31 ta uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ularda 1 800 dan ortiq talabalar arxitektura va qurilish sohasi faxriylari bilan muloqot qilishdi. Suhbatlarda shaharsozlik qoidalariga rioya qilish, arxitektura va qurilishning zamonaviy yoʻnalishlari, kompyuter grafika dasturlaridan foydalanish koʻnikmalari, shuningdek, sohaga doir zarur nazariy bilimlar haqida fikr almashildi.

Faxriylar talabalarning savollariga oʻz hayotiy tajribalari asosida javob berib, kelajak quruvchi va arxitektorlarini kasbiy yoʻlda qoʻllab-quvvatladilar.