UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni joylashtirishga qanday hollarda ruxsat etilmasligini bilasizmi?

Binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni joylashtirishga qanday hollarda ruxsat etilmasligini bilasizmi?

SHNQning “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” talablariga koʻra:
- shaxtalar va foydali qazilmalarni boyitish kombinatlarining togʻ jinslari agʻdarmalari mavjud boʻlgan xavfli zonalarida;
- oʻpirilishlar, qor koʻchkilari va sel oqimlari, suv omborlaridan favqulodda suv chiqarilishi va suv bosish xavfi mavjud boʻlgan zonalarda;
- suv taʼminoti manbalari sanitariya muhofazasi doiralarining birinchi zonasida; 
- kurortlar sanitariya muhofazasi doirasidagi zonalarda;
- himoya va sanitariya-gigiyenik funksiyalarni bajaruvchi va aholi dam oluvchi maskanlar hisoblangan oʻrmonlar, oʻrmonli parklar va boshqa daraxtzorlar egallagan shaharlarning yashil zonali yerlarida;
- sanitariya-gigiyenik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar belgilagan muddatlari oʻtmagunga qadar organik va radiaktiv chiqindilar bilan ifloslangan yerlarda;
- tabiiy majmualarga talofat yetkazishi yoki ilmiy va madaniy qiymatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar saqlanishi xavfi mavjud boʻlgan hollarda qoʻriqxonalar va ularning muhofaza qilinuvchi zonalarida bino, inshootlar hamda kommunikatsiyalarni joylashtirish taqiqlanadi. 

 Yodgorliklarni saqlash boʻyicha tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni tarixiy va madaniy meros yodgorliklarini himoya qilish zonalarida joylashtirish taqiqlanadi!