Boshqaruv servis kompaniyalari uchun seminar tashkil etildi
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining eng zarur ehtiyojlari bilan boğliq tizimdagi bunday ishlar eng avvalo, turmush tarzimizni yaxshilash uchun xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli.
“Xorazm shinam uylar” boshqaruv servis kompaniyasi 2024-yilning fevral oyida Urganch shahrida tashkil etildi. Kompaniya hududdagi 8 ta boshqaruv tashkilotlarining birdamlik asosida birlashishi mahsulidir. Respublika Boshqaruv servis kompaniyalari uyushmasi tashabbusi bilan amaliyotga ilk bor joriy qilingan mazkur yangilik ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini maksimal darajada oshirishni maqsad qilgan. Moddiy-texnik bazasi, mavjud ishchi xodimlari, imkoniyati va boshqaruv salohiyati birlashgan tashkilotlar bir kuch bo‘lib, mavjud 9 903 ta xonadondan iborat 273 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatishni butkul yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida xizmatdalar.
Bugun Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi bir qator boshqaruv organlari rahbarlari uchun mazkur BSKda amaliy seminar tashkil etildi.
Unda aholining zamonaviy talablari asosida boshqaruv va xizmat kórsatish faoliyatini tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, qòshimcha servis xizmatlarni yòlga qóyish, hujjatlar bilan ishlash hamda tun-u kun faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati bóyicha yiğilganlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbirda Xorazm viloyati prokurori Murodxon Ahmedov, viloyat IIB boshliği Ravshan Sultonxójayev, hokimlik mutasaddilari hamda kommunal soha mas’ullari ishtirok etib, sohani rivojlantirishning aholi hayotidagi ahamiyati va galdagi zarur vazifalarga tóxtaldilar.
Barcha uchun manfaatli bólgan seminarda boshqaruv organlari rahbarlari ózlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, boshqaruv organining yangi binosida ishchi-xodimlar va aholiga yaratilgan qulayliklar kózdan kechirildi.