Boshqaruvsiz uylar e’tiborsiz uylar demakdir!
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish maqsadida ayni damda Toshkent viloyati Bekobod tumani Zarafshon shaharchasida bo’lib turibdi.
Vazir o’rinbosari dastlab “Guliston” mahallasida joylashgan ko’p qavatli uylar holati bilan tanishdi. Hududda joylashgan bir qator boshqaruvsiz uylarning texnik holati, atrofi keskin tanqid ostiga olindi.
Berilayotgan shuncha imkoniyat va imtiyozlarga qaramay mazkur jarayonga befarq bo’lgan mas’ullarga aniq muddat belgilanib, ko’p qavatli uylarni boshqaruvga biriktirish bo’yicha topshiriq berildi.
- Har bir uydagi fayz, baraka unga berilgan e’tibor asosida paydo bo’ladi. Yuzlab fuqarolarimiz hayoti xavfziligi uchun ham biz bu holatga jiddiy qarashimiz shart. Mulkdorlar bilan suhbatlashib, uyni tog’ri ekspluatatsiya qilish lozimligini qayta-qayta ta’kidlashimiz kerak, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, vazir o’rinbosari mahallada yangi tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.