UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti eshitildi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatovning  “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti eshitildi.

Sh.Hidoyatovning qayd etishicha, respublikamiz hududlarida aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minotini oshirish va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2022-2024-yillarda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 78 ta oqova suv inshooti, 115 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 1 028 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan 6 ta oqova suv inshooti, 9 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 403 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari bajarilgan. Natijada 7,7 mln. nafar aholiga xizmat ko‘rsatish tashkil etilib, markazlashgan oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati ko‘rsatish darajasi 17,6 foizdan 20,5 foizga yetkazilgan.

Axborotda keltirilganidek, joriy yilda oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish maqsadida respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 13 ta oqova suv inshooti, 34 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 200 km oqova suv tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan.