UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida fuqarolarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda

An'anaga ko'ra bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida fuqarolarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda. 

Jismoniy va yuridik shaxslar vazirlikning Ko'p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshlig'i Obidjon Mo'minov va poytaxt hududlariga mas'ullar tomonidan qabul qilindi. 

Hozirga qadar uy-joylarga xizmat ko'rsatish sohasidagi munosabatlarda uchrayotgan qator masalalar, jumladan, boshqaruv organlari faoliyatidan norozilik, nogiron va e'tiborga myhtoj kimsalarga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, asossiz qarzdorlik, billing tizimi, ko'p qavatli uyning tom qismini ta'mirlash bilan bog'liq 10 dan ortiq masalalar muhokama qilindi. 

Obidjon Mo'minov 4 ta muammo tegishli tartibda joyiga chiqqan holda o'rganilishini ta'kidladi. 2 ta murojaatni ijobiy hal etish uchun huquqiy tushuncha berildi. Qolgan masalalar jarayonning o'zida ijobiy yechim topdi.

Qabul davom etmoqda.