UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Ma'naviyat va ma'rifat

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov qutlug‘ ayyom bilan barchani tabrikladi. Eʼtirof etildiki, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yurtimizni yanada obod qilish, odamlarning turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lida ko‘plab ezgu tashabbuslarga qo‘l urilmoqda. Albatta bu kabi keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlarida soha vakillarining munosib o‘rni bor.

Bayram tadbirida vazir o‘rinbosarlari Davron Adilov hamda Toir Alimatovlar ham so‘zga chiqib, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni samimiy muborakbod etdilar.

Shuningdek, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" direktori Mirabbos Inoyatov ham hamkasblarga o‘zining dil izhorlarini bayon qildi.

Tadbir davomida so‘nggi yillarda qurilish sohasida erishilgan yutuqlar, shahar va qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.