UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Bugun vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan hamda “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan hamda “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Orif To‘xtash hamda Yoshlar Parlamenti vakili Jahongir Esonaliyevlar mehmon sifatida o‘zlarining  qiziqarli ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

    Dastlab vazir maslahatchisi U.Bayzakova so‘zga chiqib, mazkur tadbirning ahamiyati haqida fikr bildirdi. 
     ''Zero, ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan''- deya ta'kidladi vazir maslahatchisi. 
    
Undan so‘ng shoir Orif To‘xtash yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. 

Jahongir Esonaliyev ham vazirlik bilan hamkorlikdan mamnunligini ta'kidlab, bunday tadbirlarni yanada kengroq va ko‘proq o‘tkazish lozimligini aytdi. 

Ta’kidlandiki, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hab bir inson daxldorlikni  his qilishi kerak. Tadbir davomida mamlakatimiz ramzi  bo‘lgan  davlat bayrog‘ining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi.  Ayniqsa, shoir  Orif To‘xtash tomonidan aytilgan she’r barchaga birdek manzur bo‘ldi.