"Buxoro city center" BSK ishchi-xodimlari tomonidan aholiga qator qulaylik va munosib turmush sharoitlarini yaratib berish maqsadida ko‘plab amaliy ishlarga qo‘l urilmoda
Buxoro shahrining markaziy ko‘chalaridagi 72 ta ko‘p kvartirali uyning 3 000 ga yaqin xonadonlariga zamonaviy kommunal xizmatlar jamlanmasini taqdim etib kelayotgan "Buxoro city center" BSK ishchi-xodimlari tomonidan aholiga qator qulaylik va munosib turmush sharoitlarini yaratib berish maqsadida ko‘plab amaliy ishlarga qo‘l urilmoda.
Kuz-qish mavsumi oldidan ko‘p kvartirali uylarning tom va fasad qismi, isitish tizimi va elevatorlari ta’mirlanib, issiqlik quvurlari va moslamalarining yuqori suv-havo bosimi ostida yuvilganligi, turli o‘lchamdagi tutqichlar (vintillar) yangisiga almashtirilib, elektr taqsimlovchi qutilarning nazoratdan o‘tkazilganligi qishni talofatsiz o‘tkazish imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Uylarning kirish yo‘laklariga energotejamkor lampalar va ko‘cha chiroqlari o‘rnatilishi ham hududda yashaydigan aholini mamnun etmoqda.