Buxoro viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislar Xitoy davlatida xizmat safarida bo'lib turishibdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5001 va PQ-5003 qarorlariga asosan Buxoro viloyatining Peshku va G'ijduvon tumanlarida har birining quvvati 300-500 MVtdan bo'lgan shamol elektr stantsiyalarini qurish investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha tajriba almashish maqsadida Xitoyning "China Energy International Group" kompaniyasining taklifiga binoan shu kunlarda Buxoro viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari B.Toshev boshchiligidagi mutaxassislar Xitoy davlatida xizmat safarida bo'lib turishibdi. Tashrif davomida "China Energy International Group" kompaniyasining bosh ofisida tashkilot rahbariyati va nazorat inspeksiyasining rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv hamda seminar tashkil etildi.
Unda mazkur kompaniya tomonidan amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan energetika sohasidagi yirik loyihalar bo'yicha ochiq muloqot o'tkazildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining ushbu obyektlarga amalga oshiradigan nazorati to'g'risida ham ma'lumotlar almashilindi.