Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (MUNOSABAT)
''Bukhara NEWS'' telegramm kanalidagi videolavha Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o’rganildi.
“NAVRO'Z AKMAL STROY INVEST” MChJ tomonidan Buxoro shahar G'ijduvon ko‘chasi ''Mohixosa'' MFY hududida qurilayotgan turar-joy inspeksiya tomonidan ro‘yxatga olingan.
Mazkur obyektning qurilish-montaj ishlari ustidan hududiy inspeksiya tomonidan uzluksiz nazorat olib borilmoqda. “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” 3.01.02.00 QMQga rioya etilishi to‘g‘risida texnik nazoratchi va ichki nazorat xodimlariga yozma ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek texnika xavfsizligi qoidalarni qo‘pol ravishda buzganligi uchun hududiy inspeksiya tomonidan MJtKning tegishli moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilayotganligini ma‘lum qilamiz.