UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi

Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahrida pudratchi “Qurbon obod savdo” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi binosi obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.

 Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  •  bino qurilishida ishlatilayotgan g‘ishtlar me’yoriy talablar asosida terilmagan;
  •  qurilish mahsulotlarining  muvofiqlik sertifikati, pasporti va sinov xulosalari taqdim qilinmadi; 
  • qurilishda olib borilishi zarur bo‘lgan ijro hujjatlari to‘liq yuritilmagan.

 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga yozma ko‘rsatmalar berildi va qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.