UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  2 ta 8 qavatli turar-joylarda navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi

Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  Buxoro shahri Razzoq Hamroyev MFY hududida 2 ta 8 qavatli turar-joylarda navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.

Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim qilinmadi;
  • ijro hujjatlari, umumiy ishlar jurnali, beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan;
  • obyektda texnika xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan ya'ni ishchilar maxsus kiyim bosh bilan ta'minlanmasdan qurilish-montaj ishlarini olib bormoqda;
  • mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan loyiha yechimlaridan chetlanish holatlari to‘g‘risida buyurtmachi va pudrat tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozuvlar kiritilmagan;
  • qurilish obyektida g‘isht terish ishlari “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilgan ya’ni kolonna va rigellarda devorlarning ulanish ishlari "MM-1" va "SG-1" ishlari bajarilmagan;
  • obyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” meyoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan, ya’ni bino qavatlaridagi  lift shaxtasiga kirish qismi vaqtinchalik to‘siq bilan o'ralmagan;
  • qurilish obyektida texnik va mualliflik nazorati talab darajasida olib borilmagan.

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, pudratchi, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi  va obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha buyurtmachi tashkilotga 20 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriq berildi. 20 kun ichida kamchiliklar bartaraf qilinmasa, obyektda sifatsiz  bajarilgan ishlarni buzdirish bo‘yicha sudga da'vo arizasi  kiritilishi bo'yicha ogohlantirildi.