UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Chirchiq shahar Amir Temur MFY hududidagi koʻp qavatli uylarning holati koʻzdan kechirildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva hamda Inspeksiya masʼullari Toshkent viloyatining bir qator shahar va tumanlarida boʻlib, koʻp qavatli uylar hamda uy-joy fondiga koʻrsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi. Xususan, Chirchiq shahar Amir Temur MFY hududidagi koʻp qavatli uylarning holati koʻzdan kechirildi. Bu yerda shu vaqtgacha boshqaruv usuli tanlanmagan edi. Uylar juda achinarli koʻrinishda boʻlgan, aholi majburiy badal toʻlovlarini toʻlashni istashmagan. 

 Inspeksiya bilan birgalikda ishlab, aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot olib borilishi natijasida mahalladagi 23 ta koʻp qavatli uy “Jiviller stroy” BSKga biriktirilishiga erishildi. Shu joyning oʻzida kuz-qishga koʻrilgan tayyorgarlik ishlari bilan ham tanishildi. Aytish kerakki hududdagi 38 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatishi kutilayotgan zamonaviy qozonxonani qurish boʻyicha ham ishlar yakuniy bosqichga kelib qolgan.