Departamenti boshlig‘i Ohangaronda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlar bilan tanishmoqda
Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Departamenti boshlig’i Obidjon Mo’minov Toshkent viloyati Ohangaron shahrida bo’lib, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasidagi ishlar bilan tanishmoqda.
Xususan, Ohangaron shahri “Adolat” va “Yoshlik” mahallalaridagi ko’p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi o’rganildi.
"Tezkor xizmati-11" boshqaruv kompaniyasi “Adolat” mahallasi hududagi 11 ta, "Ohangaron kelajak zamin" boshqaruv kompaniyasi esa ushbu mahalladagi 1 ta va “Yoshlik” mahallasi hududidagi 6 ta ko'p kvartirali uyga xizmat ko'rsatib keladi.
Obidjon Mo’minov har ikki kompaniya faoliyati, moddiy texnika bazasi, murojaatlar bilan ishlash tartibi bilan yaqindan tanishdi. Fuqarolar bilan suhbatda bo’lib, ularning sohaga doir muammolari qabul qilindi.
Kompaniyalarga ish samaradorligini oshirish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.



