Diqqat, e’lon!
Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari hamda muqobil energiya manbalariga bag‘ishlangan “Aquatherm Tashkent 2025” 13-xalqaro ko‘rgazmasiga sizni taklif etamiz!
Bu yirik anjumanda 13 davlatdan 175 ta kompaniya o‘z mahsulot va texnologiyalarini namoyish etadi. Ishtirokchilar sanoatdagi eng so‘nggi yechimlar, ekologik toza energiya manbalari va innovatsion muhandislik tizimlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sana: 2025-yil 7–9-oktabr
Vaqt: 10:00–17:00
Manzil: “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent shahri
Aquatherm Tashkent — bu soha mutaxassislari, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarni birlashtiruvchi, yangi hamkorliklar va g‘oyalar uchun muhim maydon.