DIQQAT, REYD (Chilonzor tumani “Katta Olmazor” mahallasi)
2023-09-23
Nazorat tadbirlari poytaxtimizning Chilonzor tumani “Katta Olmazor” mahallasi 16/1-son uyda ham boʻlib oʻtdi. Koʻp qavatli uyning tutash hududi hamda yertoʻla qismini oʻzgartirish jarayonlariga kirib borgan inspektorlar noqonuniy holatlar yuzasidan mulkdorning ishonchli vakilini ogohlantirdilar.
Inspeksiya xodimlari tomonidan holat yuzasidan mulkdorga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.