UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Energiya samaradorligi yo‘nalishida yangi o‘quv mavsumi boshlandi

Qurilish sohasida zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va mutaxassislar salohiyatini oshirish maqsadida Kompetensiyani rivojlantirish institutida navbatdagi — 13-mavsum qisqa malaka oshirish kurslari boshlandi.

 Kurslar Shaharsozlik sohasidagi loyiha tashkilotlari xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Energiya samaradorlik” yo‘nalishida o‘tkazilmoqda.

Kurs davomiyligi 5 kun bo’lib o’tadi.

Mazkur o‘quv dasturi davomida ishtirokchilar energiya samaradorligini oshirish, bino va inshootlarda tejamkor yechimlarni qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.