Farg'ona viloyati Hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilayotgan obyektida monitoring o'tkazildi
Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qo'shtepa tumani "Oqtepa" MFY hududida "Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati" IK tomonidan qurilayotgan sport maydoni obyektida monitoring o'tkazildi.
Buyurtmachining texnik nazoratchisi monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- binoning poydevor qismi 1300 mm chuqurlikda bajarilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda 300 mm o‘lchamda bajarilgan;
- obyekt loyihasida nazarda tutilgan metal ustunlar loyiha talablari asosida amalga oshirilmagan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi va sifatsiz qilingan quyma poydevor konstruksiya va metal ustunlar demontaj qilindi.