Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi (MUNOSABAT)
Bugun telegram ijtimoiy tarmog'ida "Qo‘qon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketdi" sarlavhasi bilan tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi hamda boshqarmaning Qo‘qon shahar bo‘limi, Qo'qon shahar hokimligining mas'ul xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil etilib, mazkur masala joyida o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.