UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Fargʻona shahrining “Ilgʻor” MFY hududida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida kechayotgan jarayonlar

Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Fargʻona viloyatida qurilayotgan bino-inshootlar sifatini koʻzdan kechirish maqsadida sohaga masʼullar ishtirokida hududlarda oʻrganish ishlarini yakuniga yetkazib, qaytdi. Kuzatuvlar davomida Fargʻona shahrining “Ilgʻor” MFY hududida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida kechayotgan jarayonlar ham mutasaddilar eʼtiboridan chetda qolmadi. 

Kompleks rivojlanish dasturi asosida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida 40 ming aholiga moʻljallangan 298 ta koʻp qavatli turar-joylar, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlaridan  6 ta maktab,  10 ta bolalar bogʻchasi, 1ta shifoxona obyektlarining qurilish ishlari jami 300 gektar maydonda amalga oshiriladi.
Shundan 73 ta koʻp qavatli uy, 990 oʻrinli 2 ta maktab, 420 oʻrinli 3 ta MTT, 250 qatnovli poliklinika binolarining qurilishi joriy yilda bitkazilib, foydalanishga topshiriladi.  Shu qatori 4 000 oʻrinli amfiteatr,  3,2 gektar yer maydonida favvorali sunʼiy koʻl qurilishi ham boshlangan boʻlib, 14 km uzunlikdagi masofadan suv quvuri tortib kelingan. 

Mazkur massivdagi obyektlarning qurilish-montaj ishlari sifati oʻrganilganda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Xususan, obyektlar qurilishida texnik talablar buzilayotgani,  loyiha hujjatlarida belgilangan reglamentlardan chetga chiqish holatlarining mavjudligi shular jumlasidandir.