UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Fargʻona viloyatidagi 4 ta shaharchaning bosh rejalari ishlab chiqilmoqda

Fargʻona viloyatidagi 4 ta shaharchaning  bosh rejalari ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-sentabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-299-sonli qaroriga asosan joriy yilda viloyatda jami 4 ta shaharchaning jumladan, Farg‘ona tumani Avval shaharchasi, Furqat tumani Shoyimbek shaharchasi, Bag‘dod tumani Ultarma shaharchasi va Quvasoy shahridagi Pakana shaharchalarining bosh reja loyihalari “O‘zshaharsozlik LITI” DUK tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan edi. Shunga muvofiq boshqarma huzuridagi Shaharsozlik kengashida  bosh loyiha instituti “O‘zshaharsozlik LITI” DUK mas'ul xodimlari bilan dastlabki loyihalar muhokama qilinib, tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Ta'kidlash lozimki, fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish, bosh rejalar va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikri asosida aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli tashabbuslarini aks ettiruvchi tizim joriy etilmoqda.