Fargʻonada qurilish va kommunal sohalariga oid 10 dan ziyod murojaatlar oʻz yechimini topdi
Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov boʻlib oʻtgan sayyor qabuldan soʻng fuqaro X.Qambarovaning Fargʻona shahri A.Navoiy mahallasi hududidagi boʻsh yer maydonida sport maydonchasini qurish yuzasidan bildirgan taklifini mutasaddilar ishtirokida joyida oʻrgandi.
Aniqlanishicha, mazkur hududdagi koʻp qavatli uylarga “Safort konsensus kommunal” BSK tomonidan xizmat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur hududda joylashgan ta'mirtalab bolalar maydonchasi, koʻp qavatli uylarning texnik holati, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorligi yuzasidan mavjud vaziyat bilan tanishgan vazir o'rinbosari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha aniq koʻrsatmalar berdi.
Fuqaro murojaatini ijobiy hal etish maqsadida 2024-yil manzilli davlat dasturiga mazkur loyihani kiritish yuzasidan zaruriy hujjatlar tayyorlanib, vazirlikka taqdim etiladigan bo'ldi.
Maʼlumot uchun, “Safort konsensus kommunal” boshqaruv tashkiloti tomonidan 43 ta koʻp qavatli uy-joydagi 2 027 ta xonadonda yashovchi 8 813 ta aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda. Shuningdek, mavsumga tayyorgarlik koʻrish maqsadida 9 ta uyning 5 200 kv/m tom qismi, 15 ta kirish yoʻlaklari, 7 ta fasad qismlari taʼmirlanib, uylarning yertoʻlasida joylashgan nosoz quvurlar yangisiga almashtirilgan.