Har bir murojaat ortida inson taqdiri!
Sayyor qabulga Farg'ona viloyatining shahar va tumanlaridan o'zini qiynayotgan masalalar yuzasidan kelgan fuqarolarning har bir murojaati individual o'rganildi.
Xususan, Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi M.Kamolov AYOQSh xizmat ko'rsatish markazini tashkil etish, bu orqali 50 nafar hamyurtlarining bandligini ta'minlash yuzasidan taklifini bildirdi. Vazir o'rinbosari tomonidan mazkur taklifni, mavjud biznes rejani atroflicha o'rganish yuzasidan mutassadilarga topshiriq berildi.
Farg'ona shahridan kelgan X.Mirzaaliyev esa noturar joy binosida korxona tashkil etish niyatida. Mazkur murojaatni ham qonun doirasida ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralarga kirishildi.
Farg'ona shahri Ahmad Yassaviy ko'chasida joylashgan 43-uyda istiqomat qiluvchi M.Abdukarimovani qiynayotgan masala esa kommunal sohaga oid. Ma'lum qilinishicha, 43-45-uylarning tomlari ta'mirga muhtoj, yerto'ladagi quvurlar ham nosoz, aholining boshqaruv tashkilotiga qilgan doimiy murojaatlari esa besamarligicha qolmoqda. Muhokamalar davomida 100 ta uyga xizmat ko'rsatuvchi "Kommunal qurilish ta'mir servis" BSK mahalliy hokimlik bilan shartnoma tuzilmaganini hamda uy egalarining majburiy badal to'lovlaridan qarzdorligi katta ekanligini bildirdi.
Ma'lumot o'rnida bugunda Farg'ona shahrida jami 23 ta BSK faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, mazkur masala sohaga oid mas'ullar ishtirokida alohida ko'rib chiqiladigan bo'ldi.