Holat nazoratga olingan
Facebook ijtimoiy tarmog'ida tarqalgan lavhalar yuzasidan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
Mirobod tumani Yuksalish MFY Qo’yliq 3 mavzesida joylashgan Z.Mirzoyevga tegishli do’konlar maishiy xizmat ko’rsatish va ofis binolari qurilish obyekti 2022-yil 5-dekabrda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabarnoma bilan hududiy nazorat inspeksiyasi ro’yxatiga olingan. Xabarnomaga asosan qurilish obyektiga tegishli 2022-yil 4-oktabrdagi Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi va 2022-yil 17-noyabrdagi “KONSTRUKSIYA LOYIHA EKSPERTIZA” MCHJ tomonidan berilgan yig’ma ekspertiza xulosasi mavjud.
Mazkur hujjatlar ilova qilingan holda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etish orqali ro’yxatdan o’tganligi hamda obyektda tizimli nazorat o’rnatilganligi ma’lum qilinadi. Bugungi kunda u yerda qurilish-montaj ishlari 1-qavatda olib borilmoqda.