Hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan buyurtmachi "Nurafshon art city" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosini qurish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Nurafshon shahri "To'ytepa"MFY hududida buyurtmachi"Nurafshon art city" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosini qurish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.
Buyurtmachi va loyihachining nazoratchisi obyektda monitoring ishlarini qoniqarli darajada amalga oshirmaganligi oqibatida quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
binoning 2-qavat ichki g‘isht terish ishlari “Seysmik hududlar qurilish” me'yoriy talablari asosida bajarilmagan hamda mazkur qavatda o'rnatilgan temir beton plitalar orasidagi choklar o'z vaqtida sment qorishmasi bilan to'ldirilmagan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko'rsatma berildi, sifatsiz g'isht terish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qilidirildi.