UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Hududlardan xabarlar

Farg'ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Marg'ilon shahri hududida noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlar olib borildi.

 Marg'ilon shahri "Pichoqchi” MFY  hududida  fuqaro M.Madaminov tomonidan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurilishi hududiy nazorat inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, amalga oshirayotganligi aniqlandi.

 Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan fuqaroga tegishli ko‘rsatma berildi. Qoidabuzarlik bartaraf etilib inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko'rsatma taqdim etildi. Shuningdek,  "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksning 99-moddasi 7-bandiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.