UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Hududlardan xabarlar

Navoiy shahri "Farovon" MFY hududida  "Namunali bino" MCHJ  buyurtmasi asosida qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbiri o'tkazildi.

Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

qurilish obyektiga sifatsiz orayopma plitalar olib kelinib, montaj qilingan;

standart talablariga javob bermaydigan temir beton plitalar montaj qilinganligi sababli seysmik belbog' armokarkaslari loyihada ko'rsatilgan o'lchamda montaj qilinmagan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish ma'sullariga inspeksiya xodimlari tomonidan  sifatsiz hamda loyiha talablari asosida montaj qilingan temir beton plitalarni demontaj qilish bo'yicha muddatli yozma ko'rsatma berildi hamda obyektda qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.