UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Hududlardan xabarlar

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Zarafshon shahar sanoat zonasi hududida tadbirkor Sh.Shirinov  tomonidan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish hamda  ikkinchi qavati mehmonxona binosini qurish obyektida  nazorat tadbiri o'tkazildi.

 Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

- birinchi qavatda bajarilgan beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi;

- 2-qavat "B-V" o‘qlari va  "10-11" o‘qlari oralig'ida temir beton to'sinlar  tashqi ko‘rinishi vizual ko'zdan kechirilganda betonlash ishlari sifatsiz bajarilganligi ma'lum bo'ldi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga yozma ko'rsatma berildi hamda sifatsiz bajarilgan temir beton to'sinlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.