UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Hududlardan xabarlar

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Bugun Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusiga doir seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Komplayens nazorati sektori boshlig‘i tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, sohada uni oldini olish jarayonlari, sog‘lom investitsion muhitni yaratish, xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbir yakunida ochiq savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning taklif va fikrlari ham tinglandi.