UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Hududlardan xabarlar

 Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Shofirkon tumani “Qalmaqon” MFY hududida “Yagona buyurtmachi xizmati'' IK tomonidan qurilayotgan 260 o‘rinli tuman tibbiyot birlashmasi obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.

 Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

-  obyektda isitish tizimi plastik quvurlarning himoya vositalari (futlyar) o‘rnatilmagan;

- yer to‘lada joylashgan sanuzel xonalarida namdan himoyalash tadbirlari loyiha asosida bajarilmagan hamda kafel terish ishlari sifatsiz bajarilgan;

- elektr montaj ishlari loyiha asosida bajarilmagan;

- ichki yong‘in xavfsizligi uchun o‘rnatilgan D-57 mmli metal quvurlarida korroziyaga qarshi bo‘yoqlash ishlari bajarilmagan;

 - obyekt orqa fasadida o‘rnatilgan bazalt qoplamasining ostki qismida metall profillar o‘rnatilmagan.

 Qoidabuzarlliklar yuzasidan  sifatsiz bajarilgan ishlar bo'yicha ish hajmidan chegirish dalolatnomalari rasmiylashtirilib, loyiha va pudrat tashkilotiga nisbatan MJTKning 99-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.